IntegratsiyalarPayme va Click
Mijozlar karta bilan to'laydi, kimdir har bir to'lovni qo'lda tekshiradi.
Pul tushadi, buyurtma o'zi to'langan bo'ladi, hech kim skrinshot tekshirib o'tirmaydi.
Boshlang'ich narx2 500 000so'm · $200
Tayyor bo'lish muddatiKo'pchiligi bizning tomondan ikki-besh kunda. Merchant tasdig'i provayderning o'z muddatida.
Narxni nima o'zgartiradiNechta provayder orqali to'lov qabul qilmoqchisiz
Payme va Click
Narxga quyidagilarning hammasi kiradi.
- Payme, Click va Uzum Bank saytingizda, Telegram botingizda yoki ilovangizda
- Pul tushishi bilan buyurtma o'zi to'langan deb belgilanadi
- To'lov tushsa, amoCRM yoki Bitrix24'dagi bitim keyingi bosqichga o'tadi
- Har bir to'lov bilan provayderlar talab qiladigan fiskal chek ma'lumotlarini yuboramiz
- Bekor qilish va pulni qaytarish ham shu jarayonning ichida
- Ishga tushirishdan oldin provayderlarning test muhitida sinab chiqamiz
- Payme
- Click
- Uzum Bank
- amoCRM
- Bitrix24
- MoySklad
- 1C
- Telegram
Narxni nima o'zgartiradi
- 01Nechta provayder orqali to'lov qabul qilmoqchisiz
- 02To'lov qayerda bo'ladi: saytda, botda, ilovada yoki bir nechtasida
- 03To'lov tushganini qaysi tizimlar bilishi kerak
- 04Sayt yoki botni biz qilganmiz yoki boshqa jamoa
Nima kirmaydi va nega
Provayder komissiyasiPayme, Click va Uzum Bank merchant shartnomangiz bo'yicha o'z komissiyasini oladi. Uni ular belgilaydi va ularga to'laysiz.
Merchant shartnomasiKompaniyangiz bilan provayder o'rtasida tuziladi. Ular nima so'rashini aytamiz, kalitlar kelgach ulaymiz.
Ishlar
Buni avval ham qilganmiz.
Mijozlarimiz nomini aytmaymiz, lekin har bir tizim nima qilishini ko'rsatamiz.
Savollar
Bu xizmat bo'yicha savollar.
Payme yoki Click?
Odatda ikkalasi. Har bir mijozning o'z odatlangan ilovasi bor, ikkinchi provayder esa birinchisining buyurtma mantiqidan foydalanadi.
Ko'pincha bitta xizmat bilan ish bitmaydi.
01IntegratsiyalarTizimlaringiz ma'lumotni o'zi almashadi, hech kim qayta yozib o'tirmaydi.2 500 000 so'm02Telegram botlarBuyurtmani oladigan, to'lovni qabul qiladigan va ikkalasini kerakli joyga yuboradigan bot yoki Mini App.Loyiha bo'yicha03MoySkladMoySklad'ni bir marta to'g'ri sozlaymiz va sotadigan hamma joyingizga ulaymiz, qoldiq bitta raqam bo'ladi.11 000 000 so'm
Boshlash
Muammoni ayting, nima kerakligini biz aytamiz.
O'sha ish kunida javob beramiz. Du-Sha, 10:00-18:00Hozir ishdamizDu-Sha, 10:00-18:00.

